23:09 / 01.07.2016
6544

Tojikistonda 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi

Tojikistonning markaziy qismida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar bergan.

Yer osti qimirlashining epimarkazi Garm aholi yashash manzilidan 27 km janubi-sharqda va poytaxt Dushanbedan 165 km sharqda qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda deb belgilandi. 

Jabrlanganlar va vayronagarchilik haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Top