20:00 / 02.07.2016
9119

Eng "aqlli" o‘lchov ruletkasi

Biror marta bo‘lsa ham uyda ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullangan kishilar kutgan voqea sodir bo‘ldi. Nihoyat, eng "aqlli" o‘lchov ruletkasini ishlab chiqarish uchun yetarli pullar to‘plandi. Bu "metr"ning nomi ham ajoyib - Bagel. U smartfon bilan birga ishlaydi va bir necha rejimga ega. 

Ilk «String Mode» insonga uzunlikni an'anaviy usulda o‘lchash imkonini beradi - "metr"ni kerakli uzunlikka cho‘zing, Bagel o‘z displeyida uzunlikni ko‘rsatadi. Leska mustahkam, u 50 kilogrammgacha og‘irlikni ko‘tara oladi, shu bilan birga undan hech qanday jarohat yetmaydi. 

Ikkinchi «Wheel Mode» rejimi ruletkani shunchaki yuzada yurgizib, o‘lchovni amalga oshirish imkonini beradi. Shu bois ham uni Bagel (teshik kulcha) deb atashadi. 

Uchinchi rejimda uskuna vertikal va gorizontal burchaklarni o‘lchash uchun lazer nuri va ultratovush sensorlarni qo‘llaydi. 

Barcha o‘lchovlarni uskunaga biriktirilgan diktofon yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruletkaga yozib olish mumkin, u esa foydalanuvchi tomonidan smartfonga aytib turilgan o‘lchamlarni takrorlaydi. 

Ruletkaning salbiy tomonlari ham bor. Birinchi rejimdagi "metr" unchalik uzun emas - atigi 3 metr. Ikkinchisi: Bagel turli o‘lchov tizimlari bilan tanish emas, shu jihatiga diqqat qilishingizga to‘g‘ri keladi. 

Dastlabki buyurtmaga ko‘ra, texnika mo‘jizasi chegirma bilan sotilmoqda - atigi 59 AQSh dollari. 
 

Top