19:45 / 02.07.2016
8708

Hind olimlari o‘tgan yili 445ta yangi hayvon va o‘simlik turlarini kashf qilishdi

Hindiston tabiati tadqiqotchilarni hayratga solishda davom etmoqda - o‘tgan yilning o‘zida bu yerda 445ta yangi o‘simlik va hayvon turlari kashf qilindi. Bu haqida Atrof-muhit, o‘rmon xo‘jaligi va iqlim muhofazasi vaziri Prakash Javadekarning 2015 yil yakunlari bo‘yicha hisobotiga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi.

"O‘tgan yili Shimoliy Himolay kashfiyotlar bo‘yicha rekordchi mintaqaga aylandi, undan keyingi o‘rinni G‘arbiy Gatlar, uchinchi o‘rinni esa Andman va Nikobar orollari egalladi, - deya ma'lum qildi vazir. - Bu yerlardagi o‘rmonlar yana ko‘plab "sovg‘alar taqdim etishiga"  ishonchim komil". 

Hindiston Botanika jamiyati olimlari barcha mintaqalarda yangi o‘simlik turlari kashf qilinganidan juda mamnun bo‘lishdi. Hindiston Zoologiya jamiyati vakillari esa yangi hayvon turlari topilganidan xursand. 

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili Hindistonda 262 xil yangi hayvon turi va 183 xil o‘simlik turlari kashf qilingan. 

Top