13:33 / 02.07.2016
16029

Kun fotosi: oydin kecha yakunlanib, fayzli tong otmoqda

Ramazon oyini ming oydan afzal oy deyishadi. Undagi bir kecha borki, u Alloh nazdida juda qadrli, muqaddas kechadir. Laylatul-qadr. Bu kechaning ulug‘ligi, fayzliligi va gunohlar avf etilib, duolar qabul bo‘ladigan yaxshilik kechasi ekanligi haqida juda ko‘p aytilgan. Shu bois odamlar bu kechada qo‘llaridan kelganicha ibodat qilishadi, istig‘for aytishadi, duoda bo‘lishadi.

Toshkentning Bodomzor mavzesida joylashgan “Mirza Yusuf” jome masjidida ham ushbu kecha fayzli o‘tdi. Masjid imom-xatibi Rahmatulloh qori Sayfutdinov, shu kecha bu yerga tashrif buyurgan muftiy Usmonxon Alimov, Anvar qori Tursunovlar masjidga tashrif buyurganlarga bu kechaning fayzi, qadri, martabasi nimada ekanligini, umuman olganda, Ramazonning so‘nggi o‘n kunligi qanday ahamiyatga molik ekanligi haqida so‘z yuritishdi. Tinch yurtda, obod Vatanda mana shunday go‘zal, ko‘rkam masjidlarda ibodat qilinayotganining o‘zi eng ulug‘ ne'mat ekanligi ham ta'kidlandi.

 

 

Top