00:00 / 02.07.2016
8780

Jangarilar Damashq yaqinida qulagan samolyotning uchuvchisini o‘ldirishdi

“Jaysh al Islom” terrorchilik tashkiloti jangarilari Damashq yaqinida qulagan harbiy samolyotning uchuvchisini o‘ldirishdi. Bu haqda Suriya qurolli qo‘mondonligi ma'lum qilgan.

“Terrorchilar jirkanch qotillikka qo‘l urishdi va uchuvchi-qahramon polkovnik Nursa Xasanni o‘ldirishdi. <...> Bu insoniyatga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘rqoqlarcha harakat va asirlarga munosabatning xalqaro qonunlariga amal qilmaslikdir”, - deyiladi ma'lumotda.

Suriya qurolli kuchlarining ta'kidlashicha, terrorchilarning ushbu qilmishi “jazosiz qolmaydi”.

Top