04:23 / 03.07.2016
6310

Bag‘dod shahridagi portlash 18 kishini hayotdan olib ketdi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi Al-Karrada tumanida yuz bergan portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 18 nafarga yetdi. Assoshieyted Press nashrining tibbiyot vakillari va politsiyachilarga asoslanib xabar qilishicha, kamida 45 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki xabarlarda portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani va 14 kishi jarohatlangani aytilgandi.

Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, portlash shia mazhabiga e'tiqod qiluvchi musulmonlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan markaz yaqinida sodir etilgan.

Kelib tushgan xabarga ko‘ra, bino oldida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan.

Hozircha hech qaysi tashkilot bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Top