22:01 / 03.07.2016
13159

Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 165 nafarni tashkil etmoqda

3 iyulga o‘tar kechasi Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining ikki tumanida sodir etilgan 2ta portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 165 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda INA agentligi xabar tarqatgan.

«Karradadagi portlash tufayli halok bo‘lganlar soni — 172 kishi. Yana 168 kishi jarohatlangan», — deya ma'lum qilgan manba.

Ilgariroq qurbonlar soni 131 kishiga yetgani bildirilgandi.

Minalashtirilgan mashina Karrada markazida, odamlar bayram tayyorgarligi uchun bozorlik qilayotgan chog‘da sodir etilgan.

Birinchi portlashdan keyinoq Bag‘dod sharqidagi bozor hududida joylashgan sharshara yaqinida yana bir minalashtirilgan avtomobil portlagan.

Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Top