15:26 / 03.07.2016
7511

Fijida rossiyalik juftlik o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi

Fijida besh yildan buyon istiqomat qilib kelgan rossiyalik er-xotinning o‘ldirib ketilgan. Politsiya bu hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu haqda 3 iyul kuni mahalliy OAVga asoslanib, «Sinxua» xabar tarqatdi.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada iyun oyi o‘rtasidan buyon qidirilayotgan Yuriy Shipulin va uning rafiqasi Natalyaga tegishli ekani aniqlangan jasad qoldiqlari topilgan. Jasad qoldiqlari plyajlardan birining sohiliga chiqib qolgan.

Er-xotin ularga tegishli fermaga qaytib kelmaganidan so‘ng ularning g‘oyib bo‘lgani haqida politsiyaga xabar qilingan. Huquqni muhofaza qilish organlariga ularning biznes bo‘yicha hamkori murojaat qilgan.

Hodisa yuzasidan «Qotillik» moddasi bo‘yicha ish ochilgan.

Top