08:40 / 03.07.2016
7968

Irkutsk viloyatida yo‘qolib qolgan Il-76 samolyoti halokatga uchragani tasdiqlandi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida 1 iyul kuni yo‘qolib qolgan, FVVga tegishli bo‘lgan Il-76 samolyoti halokatga uchragani tasdiqlandi. Bu samolyot qoldiqlari Kachug tumanida topildi, u yerga qulagach to‘liq yonib ketgan.

FVVning Sibir hududiy markazi boshlig‘i Sergey Didenko shtabning tezkor yig‘ilishi vaqtida samolyotning faqat dum qismi yonmaganligini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, topilgan bo‘laklar samolyot kuchli tutaganligini ko‘rsatib turibdi. Ungacha voqea joyida o‘rmon yong‘inlar bo‘layotgani ma'lum edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u samolyotning halokatiga sabab bo‘lgan.

Rossiya FVVga qarashli Il-76 samolyoti 1 iyul kuni Irkutsk oblastining Bayandayev rayonida tonggi 6-30lar atrofida radar ekranlaridan yo‘qolgan edi. 

U, o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda qatnashayotgan bo‘lgan. U bilan aloqa 3 ming metr balandlikda yo‘qolgan. Samolyot bortida 10 kishi bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top