23:04 / 03.07.2016
7473

Turkiya TIV: Putin va Erdo‘g‘an iyul oyi oxirida uchrashishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an iyul oyi oxirida yoki avgust oyi boshida uchrashishi mumkin. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlyud Chovusho‘g‘liga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Putin va Erdo‘g‘an iyul oyi oxirida yoki avgust oyi boshida uchrashuv o‘tkazishi imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda", degan u.

 Bundan oldinroq ushbu siyosatchilar sentabr oyida Xitoyda, "Katta yigirmatalik" sammiti doirasida uchrashishi mumkinligi xabar qilingandi.

Top