11:51 / 04.07.2016
13010

Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler Iroq urushi uchun sud qilinishi mumkin

Britaniya deputatlari, Birlashgan qirollikning sobiq bosh vaziri Toni Blerni mahkama jarayoniga jalb etish va unga nisbatan Iroqdagi urush borasida ayblov e'lon qilinishiga erishish niyatida, deb yozmoqda The Guardian nashri.

"Buning sababi shundaki, Iroq mojarosida 179 nafar Britaniya askari va 150 ming odam halok bo‘ldi hamda dunyo terroristik tahdidga to‘qnash keldi", - degan Shotlandiya milliy partiyasi deputati Aleks Salmond, Buyuk Britaniyani Iroq urushiga tortgani uchun Bler "huquqiy va siyosiy jihatdan javob berishi"ga chaqirar ekan. 

NATOning Iroqqa qarshi harbiy kampaniyasi doirasida Britaniyaning ham ishtirokiga oid hisobot 6 iyul kuni e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Qayd etish joizki, Birlashgan qirollik keng jamoatchiligi mamlakatning Iroq urushida qatnashishiga qarshi edi. Ayni shu holat, Blerning 2007 yilda iste'foga chiqishiga sabab bo‘lgandi. 

Keyinroq, Britaniya matbuotida, Bler va AQSh prezidenti Jorj Bush, neft konlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritish maqsadida jamoatchilikni chalg‘itgani to‘g‘risidagi fikrlar paydo bo‘ldi. 

Toni Bler ham CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida, AQSh va uning ittifoqchilari qo‘shinlarining Iroqqa bostirib kirishi IShIDning paydo bo‘lish sabablaridan biri ekanini tan olgandi. 
 

Foto:© Ben Stansall/Pool Photo via AP

 

 

Mavzuga oid
Top