16:31 / 04.07.2016
10076

Devid va Viktoriya Bekxem to‘ylarining 17 yilligi bilan bir-birlarini tabriklashdi

Devid va Viktoriya Bekxem to‘ylariga 17 yil bo‘lishi munosabati bilan instagram tarmog‘i orqali bir-birlarini tabriklashdi. 

Devidning yozishicha, unga omad kulib boqqan, chunki u hayotida o‘z orzusidagi insonni uchratgan. "Biz bir-biridan ajoyib to‘rt farzandni dunyoga keltirdik va men ularga sendan ortiq g‘amxo‘r va sevimli ona haqida orzu ham qilmayman. Bayram muborak, seni sevaman!", - deb yozgan Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi. 

Viktoriya ham o‘z o‘rnida turmush o‘rtog‘ini eng yaxshi do‘st va sevimli insoni sifatida qayd etgan. "Menga har kuni ilhom baxsh etuvchi eng mehribon inson, dunyodagi eng yaxshi er va ota, bayram muborak!", - deya yozib qoldirgan dizayner. 

Juftlik 1999 yilning 4 iyul kuni Irlandiyada turmush qurgan. Bugungi kunga kelib ular 4 nafar farzandni voyaga yetkazishmoqda: 17 yoshli Bruklin, 13 yoshli Romeo, 11 yoshli Kruz va 4 yoshli Xarper (3 o‘g‘il va 1 qiz). 
 

Top