02:17 / 04.07.2016
17604

Yevro-2016. Turnir yarim finali juftliklari ma'lum

Yevropa chempionatining chorak finalida to‘rtinchi uchrashuvda Fransiya Islandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final uchun to‘rtinchi yo‘llanmaga ega chiqdi.

Bungacha Portugaliya, Uels va Germaniya terma jamoalari yarim finaldagi ishtirokni kafolatlagandi.

Yarim finalning ilk o‘yini 6 iyul kuni Portugaliya va Uels o‘rtasida o‘tkaziladi.

Turnir mezbonlari Fransiya va amaldagi jahon chempionlari Germaniya o‘rtasidagi ikkinchi juftlik esa 7 iyul kuni final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Top