19:36 / 04.07.2016
8148

Foto: Reykyavik Islandiyaga Yevro-2016 chorak finalida shunday muxlislik qildi

3 iyul kuni Islandiya terma jamoasi Yevropa chempionati chorak finalida turnir mezbonlari Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, ortga qaytdi. Islandiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionatida ishtirok etdi, shuningdek ilk marta turnir pley-offida o‘ynab, ilk marta Angliya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Mamlakat poytaxti Reykyavikda fransuzlarga qarshi o‘yinni kuzatib borish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi: o‘yin kunida shahardagi ko‘plab muassasalar yopildi, aholi shahardagi maydonlarga yig‘ildi, barlar terma jamoa liboslarini kiyib olgan kishilar bilan to‘ldi. Ularning ko‘pchiligi bu futbolkalarni turnir boshlanganidan keyin, terma jamoaning muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin paydo bo‘lshan qiziqish davomida sotib olgan.

Quyida o‘yin kuni Islandiya poytaxtida yuzaga kelgan muhitni aks ettiruvchi suratlarni tomosha qilish mumkin. Bu kadrlarda tuyg‘ularning barcha ko‘rinishlari mavjud, umidlar, quvonchlar, qayg‘u va ko‘z-yoshlar ham.

Top