17:24 / 04.07.2016
6822

Yil boshidan beri jahonda 74 nafar jurnalist o‘ldirildi

Press Emblem Campaign nohukumat tashkiloti e'lon qilgan ma'lumotlarga binoan, 2016 yil boshidan beri jahonning 22 mamlakatida 74 nafar jurnalist o‘ldirilgan. 

PEC OAV xodimlari uchun eng xavfli mamlakatlar sifatida "Afg‘oniston (olti oyda 10 nafar jurnalist halok bo‘lgan) Suriya (9), Meksika (8), Iroq va Yaman (7 jurnalistdan), Gvatemala (5), Hindiston (4), Pokiston (4) va Turkiya (4) davlatlari e'tirof etilgan. Top-10likka shuningdek, Rossiya, Filippin va Salvador ham kiritilgan bo‘lib, bu davlatlarda 6 oy ichida 2 nafardan jurnalistning joniga qasd qilingan. 

2004 yili tashkil etilgan PEC tashkiloti BMT qoshida maslahat beruvchi maqomiga ega. Ro‘yxatga, barcha OAVlarida e'lon qilingan jurnalistlarning o‘limi hisobga olinadi, biroq baxtsiz hodisada yoki o‘z ajali bilan vafot etgan jurnalistlar bu ro‘yxatga kiritilmaydi. 

Ro‘yxat, BMT inson huquqlari yig‘ilishi majlisidan so‘ng, 2006 yildan beri har oy yangilanadi. 

 

Foto: «RBK»

Top