20:57 / 04.07.2016
6509

Litva armiyasi qurollanishga 150 ta minilgan yo‘ltanlamas olmoqchi

Litva mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlarini Niderlandiyadan sotib olingan, ishlatilgan Mercedes-Benz GD yo‘ltanlamas mashinalari bilan to‘lg‘azmoqchi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Harbiy yo‘ltanlamaslar yaxshi texnik holatda "Depo" armiya xizmatiga yuboriladi, u yerdan esa Litva armiyasi qismlariga taqsimlanadi", deb aytildi vazirlikda.

Ma'lum qilinishicha, mashinalarning bir qismi Litvaga 27 iyundan kela boshlagan, 15 iyulga qadar esa barcha 150 ta mashina mamlakatga keltirib bo‘linadi.  

Litva armiyasi ikki tomonlama kelishuv asosida Niderlandiya armiyasidan yuzlab minilgan harbiy transport vositalari sotib oldi, ular orasida Mercedes-Benz GD yo‘ltanlamaslari, DAF yuk mashinalari, tral va shatakka oluvchi transport bor. Loyiha qiymati 7 mln dollarga baholanmoqda.

Texnika Litvaga bir necha bosqichda keltirilmoqda: o‘tgan yilning oxirida 15 ta transport vositasi, 2016 yil aprelda esa yana 18 ta avtomobil keltirilgandi. Qolgan texnika (yo‘ltanlamas, yuk mashina va tirkamalar) Litvaga 2016-2017 yil davomida keltiriladi.

Top