20:09 / 04.07.2016
4541

«Real» prezidenti Peres ayollar jamoasi tuzishni rejalashtirmoqda

Madridda «Real»ning ayollardan tuzilgan jamoasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, jamoa prezidenti Florentino Peres uzoq vaqtdan buyon bunday g‘oyaga rad javobi berib kelayotgandi. Ammo ko‘plab iltimoslar bildirilishi davom etgach,  «Real» rahbari bu loyihaga rozilik bildirgan. Yaqin vaqtlar ichida ayollar jamoasi tuzilgani haqida rasman ma'lum qilinishi kutilmoqda.

«Real» jamoasining erkaklar futbolidagi asosiy raqobatchisi «Barselona»da shu nomli ayollar jamoasi 1988 yildan buyon mavjud. Kataloniyaliklar jamoasi Femenin Superligasida ishtirok etib keladi va shu vaqtgacha 3 marta mamlakat chempioni bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Top