23:18 / 04.07.2016
15451

Saudiya Arabistoni, BAA, Qatarda Ramazon hayiti ayyomi 6 iyul kuni nishonlanishi e'lon qilindi

Saudiya Arabistoni va Qatar ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra,  5 iyul seshanba kuni Ramazon oyining so‘nggi kuni deb e'lon qilingan. Qatarning Vaqf va islom ishlari bo‘yicha vazirligi 6 iyul  -  chorshanba kuni esa Shavval oyining birinchi kuni va Iyd al-Fitrning boshlanishini ma'lum qildi. 

BAA Adliya vaziri Sulton ibn Said Al Badi ham Abu Dabida yig‘ilish o‘tkazib, shom namozi vaqtidan so‘ng, BAAda Iyd al-Fitrning boshlanish sanasini e'lon qilgan. Unga ko‘ra, amirlikda 6 iyul kuni Ramazon hayiti nishonlanadi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Avstraliya davlatlarida ham Ramazon hayiti 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Iyd al-Fitr kuni 6 iyul kuni nishonlanadi.

Top