17:01 / 04.07.2016
11229

Shvartsenegger “Terminator 2”ning 25 yilligiga atab arxiv videoni taqdim etdi

Hollivud aktyori va Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger “Terminator 2” filmiga 25 yil to‘lgani munosabati bilan arxiv videosini taqdim etdi. Rolik aktyorning “feysbuk”dagi sahifasida joylashtirildi va bir sutka davomida 3,1 mln marta tomosha qilindi.

Shvartseneggerning aytishicha, u mana shu film va o‘z ichiga rejissyor, aktyor va suratga olish guruhini jamlagan fantastik jamoa bilan doim faxrlanadi.

«Ajoyib xotiralar uchun sizlarga rahmat, yigitlar», – deb qo‘shimcha qiladi aktyor.

Ma'lumot uchun: mashhur filmning ikkinchi qismi 1991 yilda katta ekranlarga chiqqan edi. Shvartseneggerdan tashqari kartinada Linda Hemilton, Edvard Ferlong va Robert Patriklar rol o‘ynashgan. Rejissyor – Jyeyms Kemeron.

Top