12:08 / 04.07.2016
49255

Taniqli hind aktrisasi Karina Kapur va uning turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon yangi mehmon kutishmoqda

Mashhur hind aktrisasi Karina Kapur homilador, u dekabr oyida ona bo‘lishi kutilmoqda. Buni uning turmush o‘rtog‘i, hind kinoyulduzi Saif Ali Xon rasman tasdiqladi. Bu haqda Indian Express xabar qildi

Manbaga ko‘ra, juftlikning ilk farzandi dekabr oyida dunyo yuzini ko‘radi. Ularning muxlislari bu yangilikni ko‘pdan beri orziqib kutishgandi. Saif Ali Xon o‘z muxlislarini ularning haqqiga qilgan duolari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

"Turmush o‘rtog‘im va men sizlarga shuni ma'lum qilamizki, biz ilk farzandimizning dekabr oyida dunyoga kelishini orziqib kutmoqdamiz. Bizning haqqimizga duo qilgan yaxshi niyatli muxlislarimizga va bu xabarni sabr bilan kutgan matbuot vakillariga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz", - dedi Saif. 

Bu Karinaning birinchi farzandi, Saifning esa uchinchi farzandi bo‘ladi. Uning avvalgi turmushidan ikki farzandi bor (qizi va o‘g‘li). 

Karina Kapur va Saif Ali Xon 2012 yilda oila qurishgan. 
 

Top