19:04 / 05.07.2016
7959

Abituriyentlar uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti to‘g‘risida ma'lumotlar beruvchi Telegram kanallari ishga tushdi

Qabul davrida abituriyentlarda Universitet faoliyati borasida ko‘plab savollarning paydo bo‘lishini inobatga olgan holda, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ancha mashhur Telegram servisida bot va alohida kanalni ishga tushirdi. Endilikda Telegram messenjeri foydalanuvchilari Telegram messenjerining qidiruv matnida @iutuz_bot so‘zini kiritib IUT botga, hamda @inha_uz so‘zini kiritib, kanalga obuna bo‘lishlari mumkin. Yoki quyidagi havola orqali ham obuna bo‘lishlari mumkin:

bot - http://telegram.me/iutuz_bot
kanal - http://telegram.me/inha_uz

Bot yordamida obunachilar Toshkent shahridagi Inha universitetining faoliyati, infratuzilmasi, yangiliklari bilan tanishishlari mumkin. Mazkur bot ma'lumotlarni o‘zbek va ingliz tilida taqdim etadi. IUT kanali esa, o‘z navbatida,  obunachilarni universitetning eng so‘nggi yangiliklari va e'lonlari bilan tanishtirib boradi.

Eslatib o‘tamiz , IUT ga hujjatlarni topshirish joriy yilning 14 iyul kuni yakunlanadi.

Top