07:07 / 05.07.2016
5251

AQSh va Ukraina birgalikda kosmik raketa uchirmoqchi

Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy AQSh va Ukraina birgalikda kosmik raketa uchirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi.

"Biz amerikaliklar bilan yaqin oylarda birgalikda raketa uchirishni rejalashtirmoqdamiz", deb aytdi Chaliy.

Chaliyning aytishicha, Ukraina AQSh bilan hamkorlik qilishi evaziga dunyoning o‘nta koinot davlatidan biri bo‘lib qolmoqda.

Top