01:41 / 05.07.2016
5988

Apple kompaniyasi MacBook ta'miri bilan shug‘ullanuvchi muhandis bilan kurash olib bormoqda

Apple kompaniyasi Rossmann Repair Group muhandisi Luis Rossmanning  MacBook Air noutbukining mustaqil ravishda amalga oshirgan ta'mirining videosini YouTube’dan olib tashlashga majburladi. Bu voqeaga 9to5mac portali o‘z e'tiborini qaratdi.

Rolikning muallifi qurilmaning asosiy platasidagi muammoni 1 dollarlik uskunalar yordamida qanday tuzatishni videoda ko‘rsatib bergan. Apple servis markazida esa bunday ta'mir amalga oshirilsa, asosiy plataning o‘zini almashtirishni talab etiladi va bu mijozlar uchun 750 dollarni tashkil etadi.

Video omma orasida juda ham mashhur bo‘lib, «olmalar» korporatsiyasi huquqshunoslarining e'tiborini qaratgan.  O‘z navbatida, ular Rossmanga murojaat etishgan. Apple vakillarining fikriga ko‘ra, muhandis kompaniya mahsulotlarining mualliflik huquqi bilan himoyalangan sxema bo‘laklarini videoda ko‘rsatmoqda. Huquqshunoslar agar Rossman rolikni o‘chirib tashlamasa, kompaniya sudga murojaat qilishini aytib o‘tishdi. 

Norasmiy markaz egasi videoni tarmoqdan o‘chirdi  va foydalanuvchilarga tasvirni yuklab olishlarini maslahat berdi. Shuningdek Rossman Apple kompaniyasining sudga murojaat etish e'tirozlari haqida so‘zlab berish taqiqlanganligini ta'kidladi. Ammo muhandis korporatsiyaga qarshilik ko‘rsatishi kerakligini aytib o‘tgan.

 
 

Top