09:14 / 05.07.2016
5657

Britaniya parlamenti NATOni RF bilan muloqotni tiklashga chaqirdi

Buyuk Britaniya parlamenti mudofaa qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, NATO mudofaa salohiyatini kuchaytirishi barobarida Rossiya hukumati bilan muloqotni tiklashi ham zarur. 

«Shimoliy Atlantika alyansi o‘zining mudofaa tizimini tiklashi, tiyib turish tizimini qayta ko‘rib chiqishi va Rossiya bilan muloqotni boshlashi kerak», - deyiladi hisobot matnida. 

Biroq, hujjatda uqdirilishicha, NATO sammiti ishtirokchilari, RF bilan muloqotni «kuch ishlatish» jihatidan olib borishi kerak, deya oydinlik kiritmoqda RIA Novosti.

Bundan tashqari, Londonning Moskva bilan munosabatlarni olib borish strategiyasi «Britaniya va ittifoqchilari manfaatlarini himoya qilish» barobarida RFni «global xavfsizlik muammolarini hal etish»ga chorlashdan iborat bo‘lishi lozim. 

Eslatib o‘tamiz, 8-9-iyul kunlari Polsha poytaxti Varshavada NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Top