21:18 / 05.07.2016
14799

Chechenistonda yangi oy chiqmagani uchun hayit bayrami vaqti ko‘chirildi

Chechenistonda Hayit bayrami 6 iyul kuni nishonlanadi. Bunga osmonda yangi oy chiqmagani sabab bo‘lgan. Bu haqda «Kavkazskiy uzel» xabar tarqatdi.

"Ramazon oyi 5 iyul kuni tunda nihoyalanadi. Shunday ekan, Hayit bayramining birinchi kuni chorshanba kuni bo‘ladi. Bayram vaqti ko‘chirilishiga osmonda yangi oy chiqmagani asos", deyilgan Checheniston musulmonlar diniy idorasi vakili.

Chechenistondan tashqari, Dog‘iston va Edigeyda ham bayram ko‘chirilgan.

Bugun Rossiya bo‘ylab Hayit bayrami nishonlandi. Moskva shahridgi masjidlarga Hayit namozini o‘qish uchun 241 mingdan orti kishi keldi.

Top