14:56 / 05.07.2016
20768

Fiji orollari dam olish maskanida inson boshi topib olindi

Fiji oroli sohillarida dam olayotgan yangi zelandiyalik er-xotin inson tanasidan uzilgan boshni topib olgan. Sayyohlar, topilmaga rossiyaliklarga tegishli avtomobil yonida duch kelishgan. Avtomobil egalari bo‘lgan rossiyaliklar ham birmuncha vaqt avval o‘lik holda topilgan edi, deb xabar qilmoqda Yangi Zelandiya OAV. 

Sayyohlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning dengiz sohilining sayoz joyida yashil tugunga ko‘zi tushgach, orolda yashil matolarga o‘ralgan holda rosssiyaliklarning jasadi topilgani to‘g‘risida xabar yodlariga tushib, yashil tugunda inson boshiga duch kelishgani haqida politsiyaga xabar qilgan. 

Avvalroq, bir necha yillardan beri Fijida ishlab kelgan rossiyalik er-xotin halok bo‘lgani xaqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Mahalliy OAV, rossiyaliklar kasodga uchrash yoqasida turganini yozgan. 

Top