17:20 / 05.07.2016
7771

Medvedev: Turkiya mahsulotlariga oid qarorlar hozircha yo‘q

RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevning bayonot berishicha, hozircha, Turkiyaning sabzavotlarini Rossiyaga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Bu masala, rasmiy Anqara bilan muhokama etiladi, ammo bu Rossiya "zudlik bilan barcha eshiklarni ochishini anglatmaydi".

Bosh vazir Podmoskovedagi pomidor va bodringlar yetishtirish bilan shug‘ullanadigan "Matveyevskoye" qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyati bilan tanishishi chog‘ida, turk pomidorlari Rossiya mahsulotlarini siqib chiqarishi borasida xavotirlar bildirildi. 

"Qarorlar qabul qilganimiz yo‘q. Nimani va qanday hal etishni turk hamkorlarimiz bilan muhokama etamiz. Ammo, bu biz tezda barcha eshiklarni ochishimizni anglatmaydi. Faqat sayyohlik yo‘nalishlariga oid qaror qabul qilingan, xolos", —deya, bosh vazir ushbu xavotirlarga o‘z fikrini bildirgan. 

Tashrif chog‘ida, Medvedev sabzavotlarni yetishtirish texnologiyasi bilan yaqindan tanishtirilgan. 
 

foto:© RIA

Top