21:15 / 05.07.2016
8425

Olimlar 7 kun ichida yangi kasalliklardan himoyalovchi vaksinalar yaratishni o‘rganib olishdi

Massachusets texnologiya instituti biologlari vaksinalarni ishlab chiqishning universal usulini ishlab chiqishdi. U RNK qisqa molekulalari asosida bir hafta ichida yangi viruslar, bakteriyalar va boshqa patogenlar bilan kurashuvchi vositalar yaratish imkonini beradi. Bu haqida PNAS jurnalida chop etilgan maqolada ma'lum qilingan

“Bizning nanovaksinalar ishlab chiqishga yondashuvimiz atigi 7 kun ichida yangi kasalliklarga qarshi kurashuvchi vaksinalarni yaratish imkonini beradi. Bu esa bizga avval noma'lum bo‘lgan patogenlarning birdaniga avj olib ketishiga to‘sqinlik qilishga sharoit yaratadi”, - deya ma'lum qildi Massachusets texnologiya instituti vakili Deniyel Anderson. 

Anderson va uning hamkasblari RNK qisqa molekulalariga asoslangan an'anaviy vaksinalarning sintetik analogidan foydalanib, immun tizimini turli viruslar, bakteriyalar va hattoki bir hujayrali parazitlar bilan kurashishga “o‘rgatuvchi” universal uskuna yaratishdi. 

Bu molekulalar maxsus nanozarrachalar yordamida organizmga kiritiladi. Biomuhandislar dendrimer deb ataydigan mazkur zarrachalar inson hujayralariga xuddi viruslar qo‘llaydigan usuldan foydalanib kirishi mumkin. Hujayra RNK molekulasini “o‘qiydi”, oqsillar ishlab chiqaradi, ular immun tizim tomonidan “ushlab olinadi”, buning natijasida esa organizmda antikor va T-hujayralar paydo bo‘ladi. 
 

Mavzuga oid
Top