12:27 / 05.07.2016
13153

Toshkentda Hayit bayrami munosabati bilan jamoat transportlari soat 3:30dan ish boshlaydi

6 iyul kuni Toshkent shahrida avtobus va metro tonggi soat 3:30dan ish boshlaydi. Bu haqda avtobuslarda e'lon varaqalari joylashtirilgan.

Kun.uz sayti "Toshshaharyo‘lovchitrans"dan olgan ma'lumotga ko‘ra, ertaga soat 4gacha shahardagi barcha yo‘nalishlarda odatdagi tartibdan tashqari 2tadan avtobus yo‘lga chiqadi.

Shuningdek, Toshkent metropoliteni shu kuni soat 3:30da ochiladi. Bu haqda bugun metropoliten bekatlarida ovozli e'lon orqali ma'lum qilinmoqda.

Bundan oldinroq, Toshkent shahridagi masjidlarda Hayit namozi 2016 yilning 6 iyul kuni, tonggi soat 05:15da o‘qilishi ma'lum qilingandi.

Top