16:00 / 06.07.2016
11376

OK LIVE ilovasi Rossiya va butun dunyoda ishga tushdi

Foydalanuvchi OK Live xizmati yordamida ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy profillar va guruhlarga mobil telefon orqali translyatsiya qilish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘rish davomida foydalanuvchilar sharhlar qoldirilishi va “Klass!” qo‘yish imkoniyatiga egalar. Yangi translyatsiyalar to‘g‘risida foydalanuvchilar yangilik tasmasi yoki xabarnamodan bilib olishadi.

Ilova Android- va iOS-moslamalari uchun mavjud. Ilovaning Android platformasida ishlovchi moslamalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berilayotgan videoda maxsus filtrlar ishlatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu imkoniyat yaqin orada iOS uchun ishlangan ilovada ham paydo bo‘ladi.

OK Live videotranslyatsiyalarni amalga oshirish uchun alohida ilova. Agar foydalanuvchida ijtimoiy tarmoqda profil mavjud bo‘lmasa, u mobil raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu holatda u avtomatik tarzda “Odnoklassniki”da o‘z profiliga ega bo‘ladi. Hozircha barcha translyatsiyalar ochiq holatda va alohida foydalanuvchilar doirasida efir yaratish mumkin emas.

Ilova sinovi 2016-yilning aprel oyi oxirida boshlandi. Iyun oyida esa xizmat Qozog‘iston, Armaniston va Moldova mamlakatlarida ishga tushirildi.

Top