21:47 / 06.07.2016
15773

Putin bir haftalik barcha tashriflarini bekor qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mana shu haftada bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha tashriflarini bekor qildi. Bu haqda Kremlga yaqin bo‘lgan manba xabar bermoqda.

Tashriflarning bekor qilinishi sabablariga oydinlik kiritilmagan. Ma'lum qilinishicha, Oltoy, Yoqutiston va Novgorodga qilinadigan tashriflar bekor qilingan.

O‘z navbatida, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha,  ushbu tashriflarning hech biri e'lon qilinmagan.

Top