08:15 / 07.07.2016
29236

Audi uchun ikkita elektr yuk mashinalar loyihasi yaratildi

Belaruslik dizayner Artem Smirnov va uning ukrainalik hamkasbi Vladimir Panchenko Audi kompaniyasi uchun elektr dvigatel bilan jihozlangan ikkita kelajak yuk mashinasi loyihasini tayyorladilar. Dizaynerlar ishi Behance saytida joylashtirildi.

Ko‘rinishicha, loyiha Smirnov va Panchenkoning o‘z tashabbuslari bilan yaratilgan. Dizaynerlar bir yuk mashinasini chizishga qaror qilishgan, biroq natijada ular ikkinchi variantni ham tayyorlashgan va ulardan birini tanlashga qiynalishgan. Rassomlar A va V deb nomlangan loyihalardan qay birini tanlashni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga taklif qilishdi.

A loyiha o‘zidan elektr dvigatel bilan jihozlangan haydovchisiz tirkamali yuk mashinasini namoyon qiladi. Modelning o‘ziga xos jihati yig‘iluvchi spoyler bo‘lib, biroq u qayerda joylashgani tushunarsiz. Fura shuningdek katta o‘lchamdagi almashtiriluvchi akkumulyatorlar blokini oldi, u old va orqa o‘qlar orasida joylashgan.

A loyiha avtopilotsiz elektr yuk mashinasi bo‘lib, uning haydovchilari yuk mashinasi tomida ochiq kabinada joylashadilar. Haydovchilar maxsus kostyumlar, shlemlar va kislorod maskalari bilan jihozlanadilar, mashina esa poyga ruli yordamida boshqariladi. 

Audi’da dizaynerlarning ishi qanday baholangani, bu loyihaning kontsept-kar ko‘rinishida yaratilishi istiqboli ma'lum qilinmagan.

Suratlar Motor.ru

Mavzuga oid
Top