10:46 / 07.07.2016
6514

DuPont kimyoviy giganti saraton kasaliga chalingan bemorga 5 million dollar tovon puli to‘laydi

Amerikaning yirik DuPont kimyoviy kompaniyasi AQSh fuqarosining da'vo arizasi bo‘yicha unga 5,1 million dollar tovon puli to‘lashga majbur. Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya zavodlaridan biri ishlab chiqaradigan ichimlik suvidagi xavfli kimyoviy moddalar tufayli u saraton kasalligiga chalingan. Bu haqida Reuters ma'lum qildi. 

Ohayo shtatidagi Kolumbus shahri sud hay'ati DuPont teflon ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi perftoraktan kislota deb nomlangan kimyoviy modda bilan fuqaro sog‘lig‘iga zarar yetkazgan deb topdi. 
 
Mahalliy punkt yaqinida yashovchi 56 yoshli Devid Frimanning ta'kidlashicha, aynan zararlangan suvni ichganidan so‘ng unda saraton kasalligi avj olgan. 

Sud hay'ati DuPont kompaniyasi perftoraktan kislotaning inson sog‘lig‘iga xavfini bilib turib, kimyoviy chiqindilarni Ohayo daryosiga oqizgan degan qarorga kelgan.
 

Mavzuga oid
Top