18:42 / 07.07.2016
9678

Xitoyda gigant unitaz shaklidagi universitet bunyod etildi

Shimoliy Xitoyning Suv va elektr energiyasini saqlash universiteti tashqi ko‘rinishi jihatidan ulkan unitazni eslatadi. Bu haqida Mashable ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, binoning unitazga o‘xshashi shunchaki tasodif bo‘lishi mumkin. U yuqoridan va muayyan burchakdangina shunday ko‘rinadi. Bino to‘g‘ri burchakli va doira shakldagi ikki korpusdan iborat. 

Bino tomlarining birida uzoqdan suv moslamasini eslatuvchi havorang tent paydo bo‘lganidan keyin u yanada ko‘proq unitazga o‘xshab qoldi. 

Joriy yilning fevral oyidan Xitoyda “g‘alati binolar” qurish taqiqlandi, bunga ana shunday binolar ustidan aholining kelib tushgan shikoyatlari sabab bo‘lgan. 

Mahalliy xalqning bir qismi bino yerdan chiroyli ko‘rinishini aytsa, boshqa bir qismi arxitektorlarning harakatlarini haqorat deb hisoblashdi.

Top