23:27 / 07.07.2016
7116

Xitoylik ayol 61 yoshida onalik baxtiga muyassar bo‘ldi

Xitoyning Xanchjou shahrida yashovchi ayol 61 yoshida ona bo‘ldi, deb yozmoqda China Daily. Ayolning to‘liq ismi keltirilmagan, OAV uni Chjan deb atagan.

Ayol 27 iyunda sog‘lom o‘g‘il farzand dunyoga keltirdi, biroq bu haqda endi ma'lum qilinmoqda. Bolaning vazni 2,95 kg ni tashkil qilgan. 

5 iyulda chaqaloq ota-onasi bilan uyiga qaytdi. Bola otasining yoshi 66 da.

Chjan homilador bo‘lish uchun sun'iy urug‘lantirish usulidan foydalandi. U 2015 yil noyabrida homilador bo‘lgan. Ayolning aytishicha, ko‘pchilik uni bu ishi uchun telba deb hisoblagan. Chjanning tushuntirishicha, ikki yil avval uning 30 yoshli qizi tug‘ruq vaqtida vafot etgani sababli bunday qadamga yo‘l qo‘ygan.

Doya Xe Tszinning tan olishicha, dastlab u Chjanni kimgadir hamrohlik qilayotgan buvi deb qabul qilgan. "Men birinchi marta  o‘zimdan katta yoshli homilador ayolni ko‘rishim", deb aytdi shifokor. Uning aytishicha, agar Chjan homilador bo‘lishdan avval ularga murojaat qilganida, ular ayolni bu fikridan qaytarishga urinib ko‘rishardi.

Doyaning aytishicha, Chjan voqeasi – mo‘'jizadir va umuman olganda keksa yoshda homilador bo‘lishdan qochgan ma'qul. 

Avvalroq moskvalik ayol 60 yoshida birinchi marta onalik baxtini totgani ma'lum qilingandi.

Top