14:04 / 07.07.2016
11476

Qirg‘iziston prezidenti lavozimini tark etgach ijod bilan shug‘ullanmoqchi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 2017-yili davlat rahbari lavozimini tark etgach, ijod bilan shug‘ullanish niyatida. U shu paytga qadar, beshta qo‘shiq yozishga ham ulgurgan, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati. 

O‘tgan dam olish kunlari, YouTube videoxostingida prezident qalamiga mansub qo‘shiqqa olingan klip joylashtirildi. Uni bir kun ichida 50 mingdan ortiq kishi tomosha qilgan. 

Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Atambayev bir necha marta 2017 yilgi prezidentlik saylovida yangi davlat rahbari saylangach, vazifasidan iste'fo berishi va bironta ham davlat lavozimini  egallash niyati yo‘qligini ta'kidlagan. 

Respublikaning yirik tadbirkorlaridan biri hisoblangan Atambayev sentabr oyida 60 yoshni qarshilaydi. Avvaldan adabiy ijodga qiziqishi bo‘lgan va 1983 yildan sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi a'zosi ham hisoblangan. 

 

Foto:© RIA 

Mavzuga oid
Top