14:49 / 07.07.2016
5520

Liviyaning Beng‘ozi shahrida avtomobil portlatildi

Liviyaning Beng‘ozi shahrida bomba joylashtirilgan avtomobil portladi. Buning natijasida 12 nafar kishi halok bo‘ldi. Reuters agentligi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, fojia natijasida Liviya armiyasining bosh qo‘mondoni Halif Xaftarga itoat etuvchi harbiylar ittifoqdoshlari halok bo‘lgan.
 
So‘nggi paytlarda Xaftar rahbarligidagi armiya Beng‘ozida “Al Qoida” va IShID terrorchi tashkilotlariga qarshi kurash olib borayotgan edi. 

Beng‘ozi – kattaligi bo‘yicha Liviyaning ikkinchi shahri. 

Top