16:00 / 07.07.2016
2699

OAV: Yaponiya xavfsizlik xarajatlarini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

Yaponiya hukumati xavfsizlik va aksilterror chora-tadbirlariga qo‘shimcha yuz milliardlab iyen (1 dollar taxminan 100 iyenga teng) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi. 

Bangladeshda sodir bo‘lgan portlash natijasida 7 nafar yaponiyalik halok bo‘lganidan so‘ng hukumat ana shunday qarorga keldi. 

Manbaga ko‘ra, qo‘shimcha xarajatlar 10 trillion iyenga (98,94 milliard dollar) yetishi mumkin. Reja hozircha to‘liq tasdiqlanmagan. 

1 iyul kuni qurollangan terrorchilar Dakkaning diplomatik dahasidagi restoranga hujum qilishdi. Politsiya o‘tkazgan operatsiya natijasida 6 nafar jangari yo‘q qilindi, 13 nafar kishi qutqarib olindi.  1 nafar Yaponiya fuqarosi va 2 nafar Shri Lanka fuqarosi shular jumlasidandir. 20 nafar (7 nafari yaponiyalik) asir va 2 politsiyachi halok bo‘ldi.

Top