19:00 / 07.07.2016
24191

Putin RF IIV shtatini 64 ming nafardan ziyod xodimga ko‘paytirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat IIV shtati xodimlari sonini 64 ming kishidan ziyodga ko‘paytirish haqidagi farmonga imzo chekdi.

Mazkur hujjat rasmiy huquqiy axborot internet-portalida e'lon qilingan.

Farmonga muvofiq mazkur xodimlar federal byudjyet tomonidan moliyalashtiriladi. Ular soni Rossiya IIV xodimlari soni 1 067 876 nafarga ko‘paytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIVning oldingi shtatida 1 003 232 kishi xizmat ko‘rsatgan.

Top