17:05 / 07.07.2016
8483

Van Damm “Kikbokschi”ning navbatdagi qismida rol o‘ynaydi

Hollivudlik aktyor Jan-Klod Van Damm “Kikbokschi”ning navbatdagi qismida rol ijro etadi, deb xabar bermoqda Variety. Kartina 2017 yilda chiqadi va u “Kikbokschi: mukofot” deya nomlangan.

Van Damm filmda jang san'ati ustasi, ustoz Dyuran obrazini gavdalantiradi. Kartinada, shuningdek, amerikalik bokschi Mayk Tayson ham rol ijro etgan. Uning qahramoni – qamoqxona janjallarini hal etuvchi shaxs.

Joriy yilning avgust oyida 1989 yilda ishlab chiqarilgan “Kiksbokschi”ning navbatdagi qismi katta ekranlarga chiqadi. Film bosh qahramonini aktyor Alen Mussi ijro etadi.

“Kiksbokschi”ning original filmi 1989 yil katta ekranlarga chiqqan bo‘lib, Van Damm unda rol ijro etganida 29 yoshda edi.

 

Foto: TLeopold / ZUMA / 

Mavzuga oid
Top