01:51 / 08.07.2016
4206

Amerikalik ayol metroda o‘qish uchun Facebook'dagi izohlarni 15 varaqqa bosib chiqardi

Amerikaning Entertainment Weekly nashri muharriri Aleks Staynman Nyu-York metropolitenida Facebook'dagi postlar va ularga yozilgan izohlarni qog‘ozga bosib chiqargan ayolni uchratib qoldi. Aleksning so‘zlariga ko‘ra, ayol A4 formatidagi 15ga yaqin varaqni o‘qib ketayotgan bo‘lgan.   

Tvitter a'zolari ham mazkur tvitga o‘z fikrlarini bildirishdi. Xabarni 6 mingdan ortiq foydalanuvchi retvit qilgan, ayrimlar ayolning bu g‘alati qarori bilan qiziqib qolishgan va shu bo‘yicha Aleksga savollar yo‘llashgan. 

Foydalanuvchilardan biri nima sababdan Aleks yo‘lovchidan intervyu olmaganini so‘radi, boshqalar esa ayol feysbuk xabarlarini chiqarib, o‘z ko‘rish qobiliyatini asrayotganini ta'kidlashdi.  

Jurnalist ayolni bezovta qilishni istamagani, biroq uning qo‘lidagi postlar nima haqdaligini bilishga juda qiziqayotganini aytib o‘tgan.

Top