17:53 / 08.07.2016
13115

London politsiyasi telefon g‘ilofi qurol ko‘rinishida bo‘lgan kishini hibsga oldi

Londonning Stansted aeroportida politsiya smartfon g‘ilofi qurol ko‘rinishida bo‘lgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqida Macrumors xabar berdi. 

Londonlik erkak aeroportdagi xavfsizlik tizimidan qurol g‘ilofli smartfoni bilan o‘tayotgan bo‘lgan, bu politsiya xodimlarida darhol norozilik uyg‘otgan. “O‘yinchoq” egasi  “muassasa va tashkilotlar faoliyatiga xavf tug‘dirish bilan bog‘liq jamoat tartibini buzganlikda” ayblanmoqda.

Buyuk Britaniya politsiyasi noodatiy g‘ilofli smartfon sohiblarini bunday aksessuarlar bilan jamoat joylarida yurmaslikka chorlamoqda, chunki xavfsizlik xodimlari bir qarashda uzoq masofadan qurolni o‘yinchoq bilan adashtirishlari mumkin. Shunday holat yuzaga kelgan taqdirda “qurol” egasi uning qo‘llariga kishan kiydirilishiga tayyor turishi kerak bo‘ladi. 

Top