11:30 / 08.07.2016
9117

Politsiya Dallasdagi otishma suratini e'lon qildi

Dallas politsiyasi tvitterida bir politsiyachini otib tashlangani surati paydo bo‘ldi. 

«Bu biz gumon qilayotgan shaxs. Iltimos, uni topishimizga yordam bering», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Dallasda to‘rt nafar politsiya xodimini otib tashlashda gumonlanib, ikki kishi qo‘lga olingani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Dallasda qora tanlilarni o‘ldirishga qarshi namoyishda otishma chiqib, to‘rt nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan edi.

Top