02:17 / 08.07.2016
4674

Uimbldon. Finalda Uilyamsga qarshi Anjyelika Kerber o‘ynaydi 

Germaniyalik tennischi Anjyelika Kerber amerikalik Vinus Uilyamsni yengdi va "Katta dubulg‘a" turkumidagi mavsumning uchinchi seriyasi bo‘lmish Uimbldon turniri finaliga chiqdi (umumiy mukofot jamg‘armasi 28,1 mln yevro).

Turnir arafasida to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan Kerber Uilyamsni (8) 6:4, 6:4 hisoblarida mag‘lub etdi.

Finalda Kerber turnirning amaldagi g‘olibi, amerikalik Serena Uilyams bilan uchrashadi. Uilyams yarim finalda rossiyalik Yelena Vesninni 6:2, 6:0 hisoblarida yenggandi.

Bu final Uilyams uchun Uimbldondagi 9-final bo‘ladi.

Bu yilgi Uimbldon o‘z tarixida 130-marta o‘tkazilmoqda. Final 10 iyul kuniga belgilangan.

Top