14:45 / 08.07.2016
13770

O‘zbekiston va NATOning bir qator yetakchi davlatlari “Xalqaro armiya o‘yinlari”da ishtirok etishdan voz kechishdi

Bu yilgi “Xalqaro armiya o‘yinlari”da 19ta mamlakat jamoalari ishtirok etadi, 17ta mamlakat unda qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqida “Xalqaro armiya o‘yinlari” axborot risolasiga asoslanib, TASS xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, “Xalqaro armiya o‘yinlari”da ishtirok etishga Ozarbayjon, Angola, Armaniston, Belorussiya, Venesuela, Gretsiya, Misr, Zimbabve, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuvayt, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Pokiston, Serbiya va Tojikiston mamlakatlari rozilik berishdi. 

 “Xalqaro armiya o‘yinlari”da qatnashishdan voz kechgan davlatlar - Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Koreya, Marokash, Niderlandiya, Slovakiya, AQSh, Turkmaniston, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shveytsariya va Yaponiya.

“Xalqaro armiya o‘yinlari” – 2016 yilning 30 iyulidan 13 avgustiga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘yin davomida Rossiya Federatsiyasi hududidagi harbiy poligonlarda jami 23ta xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Artilleriya bo‘limlari Qozog‘istondagi poligonda ilk marotaba artilleriya olov ustasi nomi uchun kurashishadi. 
 

Top