11:06 / 09.07.2016
5561

Kerri Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari bilan uchrashdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Polsha poytaxtida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston davlat rahbari Serj Sargsyan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Davlat departamenti sayti. 

Unda, tomonlar Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal etish masalalarini muhokama qilishgan. 

Aliyev va Sargsyan bilan uchrashgan Jon Kerri, Vena va Sankt-Peterburgdagi uchrashuvlarda erishilgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash zarurligini ta'kidlagan. 

Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbining ma'lum qilishicha, Kerri «Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga butunlay barham berishi mumkin bo‘lgan har qanday samarali muzokaralarni AQSh rahbariyati qo‘llab-quvvatlashini» bildirgan.

 

foto:Google image
 

Mavzuga oid
Top