06:58 / 09.07.2016
25524

Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.Ikromov, ichki ishlar vaziri A.Ahmadboyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev, Oliy sud raisi Sh.G‘oziyev, Oliy xo‘jalik sudi raisi K.Komilov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Ye.Kanyazov va boshqalar qonun ustuvorligi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “o‘zbek modeli” asoslaridan biri ekani, mamlakatimizda qonuniylikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlab o‘tdilar.

Toshkent davlat yuridik universiteti yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlashda tayanch oliy o‘quv yurti sanaladi. Bu yerda huquqshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda. Joriy yilda 313 talaba bakalavr, 130 nafar yigit-qiz magistratura bosqichini tamomladi.

Talabalar Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, prokuratura organlari, sud ekspertizasi tizimida amaliyot o‘tamoqdalar.

Universitetni bitirgan talabalar Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishga, sud-huquq tizimini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishga ahd qildilar.

Foto: uza.uz

Top