09:36 / 10.07.2016
6805

AQShning Alabama shtatida pensioner o‘z rafiqasini garovga oldi

Foto: Mark Apollo/Globallookpress

AQShning Alabama shtati, Rendolf okrugida bir pensioner o‘z o‘g‘li uyini yoqib yuborib, o‘z rafiqasini garovga oldi. Bu haqda WPMI Local 15 News xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, to‘pponcha va miltiq bilan qurollangan 77 yoshli erkak o‘z o‘g‘li uyi, uning avtomobili va xo‘jalik imoratlariga o‘t qo‘ygan. So‘ngra qariya o‘g‘lining itini otib tashlab, o‘z rafiqasini garovga olgan.

Erkak rafiqasiga qurol bilan tahdid qilib, mashina ichidan qulflanib olgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar maxsus operatsiya o‘tkazib, ayolni ozod qilishgan, erkak esa otib tashlangan. Shuningdek, bir nafar politsiyachi jarohat olgan. 

Pensionerning bunday qilishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Top