07:59 / 10.07.2016
4386

"Arsenal" Arda Turonga qiziqish bildirmoqda

“Barselona” yarim himoyachisi Arda Turon o‘z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Turkiyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, "kanonirlar" Turonning klubga o‘tishi borasida "Barselona"ga murojaat qilishgan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Turon 18 ta o‘yinda (9 tasida o‘yinning boshidan) maydonga tushib, ikkita gol urgan, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan va 5 ta sariq kartochka olgan. 29 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini "Barselona"ga qishki transfer darchasigacha yangi o‘yinchilarni qayd qilish taqiqlangani sababli o‘tkazib yuborgan.

Top