11:24 / 10.07.2016
13353

Belarus Rossiyaga go‘sht mahsulotlari eksportini vaqtinchalik to‘xtatdi

© RIA Novosti. Yegor Yeremov

Belarus o‘zining bir qator korxonalaridan Rossiyaga go‘sht mahsulotlari eksport qilishni vaqtinchalik to‘xtatdi, deb aytilmoqda Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotinning Rosselxoznadzor rahbari Sergey Dankvert nomiga yozilgan maktubida.

Hujjatda Belarus tomoni sifat standartlariga mos kelmaydigan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini keltirib chiqargan omillarni tergov qilishni tashkillashtirgani aytilgan.

Avvalroq Rosselxoznadzor Belarus veterinar va oziq-ovqat nazorati departamentiga belaruslik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida ma'lum qilinmagan gen-modifikatsiyalashgan komponentlar aniqlangani  sababli Belarusning bir qator korxonalaridan Rossiyaga mahsulot yetkazib berilishini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilgandi.

Top